KONTAKTLI METASOMATIK KONLAR

KONTAKTLI METASOMATIK KONLAR, kontakt konlar — metasoma- tizm natijasida hosil bo’lgan foydali qazilma konlari. Dastavval, ushbu termin silikatli tog’jinslarida eng inert component bo’lgan, alyuminiy mikdorining oshishi- ni tushuntirish uchun D.S.Korjinskiy tomonidan kiritilgan. Odatda, otqindi tog’jinslarining cho’kindi jinslar (karbonatlar va b.) b-n tutash joylari- da piroksen, amfibol, slyudali mine- rallar, granatlar va kvarsdan tashqil topgan skarnpar hosil bo’ladi. Sheelit (volfram minerali), oltin, kumush, qo’rg’oshin, pyx, mis va b. skarnlarning eng muhim foydali komponentlaridir. O’zbekistonda metasomatik rudalar bar- cha viloyatlarda keng namoyon etilgan. Ular, ayniqsa, Chatqol-Qurama regioni- da, Qoratepa tog’larida, Hisor tizmasi- ning Jan.-g’arbiy tarmoqdarida ko’p uch- raydi.