Kosyubinskiy Mixail Mixaylovich

Kosyubinskiy Mixail Mixaylovich [1864.5(17). 9, Vinnisa — 1913. 12 (25), 4, Chernigov] — ukrain yozuvchisi. Ukrain adabiyotida realizm asoschisi. Dastlabki hikoyalarida xalqning faro- von hayotga intilishlari aks etgan («Ar- Chacha», 1891; «insoniylik», «ishonch», 1892; «o’ch oldi», 1894; «qora shohning elchisi», 1897 va b.). «Fata morgana» («Qonli tong») qissasi (1— 2-qism, 1904-10)da qishloqdagi tabaqalanish, dehqonlar b-n mulkdorlar o’rtasidagi munosabatlar ifodalangan. «Minorlar ostida» (1905), «kulgi», «tush» (1906), «Hayot kitobida nimalar yozilgan» (1911), «Unutilgan ajdodlarning arvoxlari» (1912) kabi asarlar muallifi. Chuqur lirizm, qahramonlar obrazlarini ro- mantiklashtirish, o’tkir ruhiyat K. ijo- diga xos xususiyat. Asarlari o’zbek tili- ga tarjima qilingan («remont» hajviy hikoyasi, 1976 va b.).