ZOKIROV ISLOM ZOHIDOVICH
ZOKIROV ISLOM ZOHIDOVICH (1928.27.1 — Samarqand — 2000.21.1) — akusher-ginekolog, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari Doktori (1965), professor (1967), SamTIni tugatgan (1948), shu institutda klinik ordinator (1948-51), akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti, dotsenti (1951-59), mudiri (1959 yildan). Zokirovning ilmiy ishlari homiladorlik va ekstragenital patologiya, gestozlar, perinatologiya, jinsiy a’zolar o’smalarining klinikasi va epidemiologiyasi; homiladorlik, tug’ruq va homilaga tegishli noxush omillarni barvaqt aniqlash, homiladorlikning muddatidan ilgari barham topish patogezida immunologik, gormonal, fetoplasentar sistemalar yetishmovchiligini zamonaviy usullar bilan o’rganishga bag’ishlangan. «Normal akusherlik», «Patologik akusherlik» o’quv qo’llanmalari, «Akusherlik terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati» muallifi. «Shuxrat» medali (1994) bilan mukofotlangan.