Keles gil koni

Keles gil koni — Toshkentdan 25 km shim.-g’arbda, Keles daryosining o’ng sohilida, Qozog’iston Respublikasi hududida joylashgan. 1948 y.da ochilgan. Tafsiliy razvedka ishlari 1958 y.da ba- jarilgan. Konning aniqlangan zahirasi 20 mln. t. 1951 y.dan ochiq karer usuli- da qazib olinadi. K.g.k. da foydali ka- zilma paleogenning Turkiston yarusiga mansub bentonit gilmoyasi qatlamlari bo’lib, ular olay yarusi kvars qumlari ustida yotadi va neogen yotqiziqlari b-n qoplangan. Bu yotqiziqlar uz. 6 km va eni 2-2,5 km bo’lgan qing’iroq braxi- antiklinal burmasining qanotlarini tashkil etadi. Foydali qazilma qatlamlarining umumiy qalinligi 45 m. Konda bentonit gilmoyasining 3 turi mavjud. Gilmoya qatlamlarining qalinligi 5 m dan 25 m gacha. Ular bir- biridan qumtosh qatlamchalari b-n AJ- ralgan. Gilmoyaning mineral tarkibini, asosan, montmorillonit, qisman gidros- Lyuda tashkil etadi. K.g.k. bentonitlari parmalashda ishlatiladigan yuqori si- fatli yuvuvchi suyuqlik tayyorlashda, pax- ta yog’i va vino mahsulotlarini oklashda adsorbent sifatida, po’lat quyish uchun qoliplar tayyorlashda bog’lovchi material sifatida, qurilishda keramzit, g’isht va b. materiallar i.ch.da keng qo’llaniladi.