Kelin ko’rdi, kelin ko’rish

Kelin ko’rdi, kelin ko’rish — turkiy xalqlarda, jumladan, o’zbeklarda yangi kelinchakni ko’rish odati. Nikoh to’yining ertasiga o’tkaziladigan «bet ochar» marosimidan boshlab bir yilgacha davom etadi. Kuyovning qarindoshlari, tanishlari, qo’ni-qo’shnilari va b. K. k.ga keladilar. Kelin ularni salom (ta’zim) qilib kutib oladi, dasturxon yozib, ro’mol, dastro’mol sovg’a qiladi (yana q. Ko’rmana). Mahalla (qishloq) qiz-juvonlari, yangi tushgan kelinni- kiga hayit kunlari tashrif buyurish- lari ham K. k. deb ataladi. Kelinning xonasi sep va sarpolar b-n bezatiladi, dasturxon tuzab qo’yiladi. Odat bo’yicha kelinning ota-onasi hayit arafasida qizi va kuyoviga sarpo va dasturxon (tur- li taomlar) yuboradi. Mahalla (qishloq) qiz-juvonlari kelinchakni ko’rish uchun to’da-to’da bo’lib keladilar. Kelin yasan- gan holda, yuziga to’r tutib, kelganlarga salom qiladi, so’ng choy uzatadi. K. k.ga kelganlar kelinning sarpo va seplarini tomosha qiladilar, bir oz o’tirgach, ke- linga baxtli turmush tilab qaytadilar. K. k. odati Farg’ona vodiysi va Xorazm- da tarqalmagan. Ularda kelinni kelin tushdidan 3 kun o’tgach, kelinning ona yoki opa-singillari borib, hol-ahvol so’rab qaytadilar. K. k. o’zbek xalqi orasida qadim zamonlardan beri davom etib kel- gan. Ad.: Bo’riev O., Shoymardonov I., Na- sriddinov q., Uzbek oilasi tarixidan, T., 1995.