Kidikeeva Baken

Kidikeeva Baken (1923.20.10, Qirg’iziston viloyati, Qang’tumani — 1994.31.12, Beshkek sh.) — Qirg’iziston xalq artisti (1956). Faoliyatini Qirg’iz Yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1936), keyinchalik Prjevalsk va Norin viloyat teatrlari (1941-44)da ishlagan. 1944 y.dan qirg’iz drama teatrining etakchi aktrisasi. Eng yaxshi rollari: Bermet («Sarinji»), Guloyim («Ko- kul»), Anna («Anna Karenina»), Maston («Bo’lat va tinar), Dezdemona («Otello») va b. G’oyani yangi badiiy obrazda ifoda- lash mahorati, o’tkir sahnaviy chizgilar, ijtimoiy va psixologik talqin K. ijo- diga xos bo’lib, xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Kinodagi faoliyati 1955 y.dan boshlangan («saltanat» fil- midagi bosh rol). Keyinchalik «Momo er» (To’lg’anoy), «13-nabira» (Bermet Shokirovna) kabi filmlarda suratga tushgan. K. ko’pgina o’zbek filmlarida ham rang-barang obrazlar yaratdi: Xadi- cha Aminovna («inqilob chavandozlari»), Hojixon («uchrashuv va ayriliq»), ona («Ringga chaqiriladi»), buvi («nabira- miz milisiyada ishlaydi») va b.