Kivu

Kivu — Sharqiy Afrikadagi ko’l. Kongo demokratik Respublikasi b-n ru- anda chegarasida, 1460 m balandlikdagi tektonik soylikda. Mayd. 2,6 ming km2. Uz. 100 km, chuq. 496 m gacha. Qirg’oqlari tik. 150 dan ziyod Orol bor. K. tubidan ba’zan vulkan otilib turadi. Chuqur suvlarida erigan holatdagi metan (sa- noat ahamiyatiga ega) va karbonat angi- drid gazlari mavjud. Ko’ldan Ruzizi daryosi oqib chiqib, Tanganika ko’liga quyiladi. Kema qatnaydi. Turizm ri- vojlangan. K.ni 1894 y.da nemis sayyohi A. fon Getsen kashf etgan. Ko’l va uning atrofi milliy Park deb e’lon qilingan. Muhim portlari — Bukavu, Goma, Kibue.