Ketmon
Ketmon — dehqonchilikda foy- dalaniladigan dastaki mehnat quroli. K. metall (ko’pincha maxsus po’lat)dan tayyorlangan ish qismi va yog’och dastadan iborat. Dasta o’tadigan teshigi — zo’g’ata, uning atrofi — Girvon deyiladi. Qadimdan O’rta Osiyoda dehqonlarning asosiy ish quroli hisoblangan. Er cho- pish, begona o’tlarni yo’qotish, erni te- kislash, egat olish, ekinlar tagini yum- shatish, ariq qazish, tozalash va b. ishlar- da qo’llaniladi. K. shakli, katta-kichikligi va og’irligiga ko’ra xar xil, sho’nga ko’ra mahalliy nomlar berilgan: mas, Qushnusxa, beshbo’lak, ulama, mardona, za- ifona, bachkana K. va b.