Kesamirlar
Kesamirlar — o’zbek urug’laridan biri, 19-20-a. boshlari- da Buxoro amirligining Ko’lob Bekli- gi hududida, asosan, Yaxsuv daryosining o’rta oqimlari, Panj daryosi irmog’i Jilg’asoyning yuqori oqimlari atrofi- da va qisman Qunduzda yashashgan. K.ning kelib chiqishi to’g’risida aniq ma’lumot yo’q. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, ularning shakllanishida naymam va Mang’it qabilalarining etnik guruhlari ishtirok etgan. Qatag’onlarnnng ay- Rim guruhlari K.ga qo’shilganligi tax- min qilinadi. K. qorachariq, kuldeman, qallig’och yoki Qarlig’och, toz, kamchi, kiy- ikchi va no’g’oy kabi bo’linmalardan ibo- rat bo’lgan.