KONGENIALLIK
KONGENIALLIK (lot. con — bir- ga va genius — ruh) — ruhiy, ma’na- viy jihatdan kishilarning bir-biriga mosligi, o’xshashligi, mutanosibli- gi, yaqinligi. K. tushunchasi qadimdan psixologiya fanida qullanadi. In- sonlar o’rtasidagi o’zaro yaqinlik, jismoniy, fiziologik, psixologik jihatdan o’xshashlik muammolari ki- shilarni qiziqtirgan. Bu o’xshashlikni aniqlashning muayyan mezonlari yaratil- gan. Bu borada kuch, qomat, istara, chiroy odamlarning qiyosiy o’lchami sifatida xizmat qiladi. Insonlar o’rtasidagi ruhiy, fikr yuritish yo’nalishi, tabi- iy va irsiy omillar (iste’dod, layoqat) ga taalluqli o’ta yaqinlik, mutanosiblik psixologiya fanining tadqiqot pred- Metiga aylangan. Bunday yondashuvning vujudga kelishiga asosiy sabab — ki- shilarni psixologik nuqtai nazardan muayyan tiplarga, toifalarga ajratgan holda ularga maxsus munosabatni amal- ga oshirishdir. Insonlar orasidagi K. ularning xarakterida, qiziqishlari va maslaqlarida, in-tilish va orzu- istaqlarida mujassamlashadi. Shuning- dek, K. odamlarning fikr yuritish sur’- ati, maromi, mantiqi, bilim doirasi orasidagi o’ta yaqinlik tufayli kelib chiqadi. Kishilar o’zlarining xatti- harakatlari, nerv sistemasi, tempera- ment xususiyatlari b-n ham K.ni vujudga keltiradi. Buning natijasida tabiiy- irsiy belgilari b-n o’zaro o’xshash psi- xologik tabiatli kishilar guruhi paydo bo’ladi.