Kordova, Kurtuba
Kordova, Kurtuba — Ispaniyaning Jan. qismidagi shahar, Andalusiyada, Gvadalkvivir daryosi vodiysida. Kordo- va provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 310 ming kishi (1998). Shahar mil. AV. bunyod etilgan. 711 y.dan K. ara- blar qo’l ostiga o’tgan. 756 y.dan Qurtuba amirligi, 929 y.dan Kurtuba xalifali- gining poytaxti bo’lgan. 1236 y.dan K. Kastiliya tarkibida. K. — transport yo’llari tuguni. Mis eritish sanoatining yirik markazi. Elektrotexnika va q.x. mashinasozligi, oziq-ovqat (jumladan, vinochilik, un tortish, shakarqand va b.), to’qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Un-t, tas- viriy san’at va arxeologiya muzeylari bor. Me’moriy yodgorliklardan masjid (q. Kordova katta masjidi), Madinat az- Zahro saroyi qoldiqlari, San-Migel va San-Lorenso cherkovlari (13-a.) va b. saqlangan.