Korroziyabardoshlik

Korroziyabardoshlik — ma- teri-allarning tashqi muhit ta’siri- da emirilishi (korroziya)ga qarshilik ko’rsata olish xossasi. Asosan, material yuzasining kimyoviy tarkibiga, tuzili- shiga, mexaniq kuchlanishlar mavjudli- giga, ta’sir qiladigan tashqi muhit sha- roitiga bog’liq. K. material yuzasining makro — va mikroskopik o’zgarishlar b-n, dastlabki korroziya belgilarining pay- do bo’lish vaqti b-n, vaqt birligi ichida materialning Yup-qalashishi yoki yuzasi birligidan massasining kamayishi b-n, fizik-mexanik ko’rsatkichlar va b.ning pasayishi b-n baholanadi. Metall Mate- riallarning K.ini oshirishda legirlash, rafinasiya, himoya qoplamalari qoplash, kimyoviy-termik ishlov berish, elektr- kimyoviy usullar qo’llaniladi. Metal- lmas materiallar xususan, betonlarning K.gi ularning zichligini oshirib, himoya qoplamalar qoplab yaxshilanadi (yana q. Korroziyabardosh materiallar).