Komilov Najmiddin

Komilov Najmiddin (1937.5.10, Panjikent tumani, Tojikiston) — ada- biyotshunos olim, Filol. fanlari D-ri (1975), prof. (1991). SamDUning Fi- lol. f-tini tugatgan (1965). O’zbek so- vet entsiklopediyasi Bosh tahririyatida katta muharrir (1970-71). ToshDUda katta o’qituvchi (1971-75). Toshkent sharqshunoslik in-ti kafedra Mudi- ri (1991-94; 2001 y.dan). O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida konsultant (1994-95). Davlat va ja- miyat qurilishi akademiyasi prorekto- ri (1995-99). O’zbekiston Respublika- si Markaziy saylov komissiyasi raisi (1999-2001). K. dastlab tarjima va qiyosiy ada- biyotshunoslik, tarjima tarixining na- zariy masalalari bo’yicha tadqiqotlar olib bordi. Matnshunoslik va adabiy janrlar taraqqiyoti b-n bog’liq masa- lalarni o’rgandi. Keyingi yillarda uning ilmiy faoliyati tasavvuf tari- XI, asosiy yo’nalishlari, tariqat, sha- riat, haqiqat tushunchalariga qaratildi. Shu yo’nalishda u Ahmad Yassaviy, na- jmiddin Kubro, Ibn Arabiy, Nasafiy, Bahouddin Naqshband ta’limotlari mohiyatini ochib berdi. Farididdin At- torning «Ilohiynoma», S.Valadning «Maorif», A.Nasafiyning «Zubaydat ul-haqoyiq» va Husayn Voiz Koshifiy- ning «Futuvvatnomai sultoniy» asar- larini tarjima qildi. K. «O’zbekiston milliy entsiklopediyasi» bosh tahrir hay’ati a’zosi (1997 y.dan). As: Do’stlik ko’priklari, T., 1979 (hamkorlikda); Ibn Sino va Dante, T., 1983; bu qadimiy san’at, T., 1988; na- jmiddin Kubro, T., 1995; tafakkur kar- vonlari, T., 1999; tasavvuf yoki komil inson axloqi, T., 1999; tasavvuf. Tavhid asrori, T., 1999; faqr nuri porlagan qalb, T., 2001.