Koks kimyosi

Koks kimyosi — kimyo fanining bir bo’limi, toshko’mirning tarkibi, tu- zilishi, kimyoviy xossalarini o’rganadi, kokslash usullari b-n toshko’mirdan koks va b. kimyoviy mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib boradi. Toshko’mirni kokslash bir necha jarayondan iborat: ko’mirni kokslashga tayyorlash (boyitish, maydalash, aralashtirish, quritish); ko’mirlash aralashmasini kokslash; hosil bo’lgan uchuvchan gazlarni tutish va ularni qayta ishlash; qattiq qoldiq — koksni sovitish va navlarga ajra- tish. Kokslanuvchi toshko’mirning turi, navi, makromolekulalarining tuzili- shi va kokslanish jarayonining keti- shiga qarab 1 t ko’mirdan 650-750 kg koks, 140-150 kg koks gazi, 30-40 kg toshko’mir smolasi, 10-15 kg «xom Ben- zol», 3 kg atrofida ammiak va vodorod sulfid hosil bo’ladi. Kimyo sanoati va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida kokslanish mahsulotlaridan N2, SN4, NH3, etilen, benzol, toluol, ksilollar, solvent, naftalin, fenol, krezollar, piridinlar, S, NaSCN, (NH4)2S, (NH4)2 SO4, karbazol, antratsen, piren, smola- lar, toshko’mir moyi va b. qo’llaniladi. Bu moddalar azotli o’g’itlar, polimer- lar, malein va ftal angidridlar i.ch.da boshlang’ich xom ashyo, anilin bo’yoqlar i.ch.da oraliq mahsulot, elektrodlar i.ch.da bog’lovchi, taxta va g’o’lalarga shim- diriladigan moy, qurilish materiallari (mas, kislotaga chidamli koshinlar, li- noleum, olovbardosh materiallar, pesti- tsidlar, sintetik yuvish vositalari, dori preparatlar, vitaminlar va b. i.ch.da xom ashyo sifatida ishlatiladi. K.k.ning ri- vojlanishi qora va rangli metallurgi- yaning rivojlanishi b-n bog’liq. Metal- lurgiya sanoatida temir, mis, qo’rg’oshin va b. metallarni rudalaridan qaytarib olishda K.k.ning ahamiyati katta. Sano- atda qo’llaniladigan koksning maxsus navlarini termik ishlov berish va sara- lash yo’li b-n olish, sifatini yaxshilash K.k.ning asosiy vazifalaridandir. Sayfuddin Nasriddinov.