Koksal bezlar

Koksal bezlar (glandulae coxales) — ba’zi o’rgimchaksimonlarning bosh- ko’krak qismida joylashgan juft ayirish organi. K.b.ning chiqarish nayi, odatda, birinchi jinsiy oyoqlar — Kokslar (soha- son), ya’ni 3-yoki 5-yurish oyoqlari asosi- ga ochiladi. K.b. nefrostoma, egri-bugri naylar yoki labirint va chiqarish nay- idan iborat. Ba’zi o’rgimchaksimonlar (salpugalar)da nefrostom b-n labi- rint oralig’ida baland epiteliyli uzun uchi berk bezli qopcha mavjud. Yirik o’rgimchaksimonlarning K.b.i reduktsiya- ga uchragan, pichano’rarlarda esa saqlanib qolgan. O’rgimchaksimsonlarning asosiy ayirish organi — malpigi naychalari evolyusiya jarayonida keyinroq paydo bo’lgan.