Kolombo

Kolombo (Singal tilida kalam- bu) — Shri Lanka Respublikasining amaldagi poytaxti, Shri Lanka o.ning g’arbiy sohilida, Kelani daryosining kuyilish joyida. Iqlimi subekvatori- al, mussonli nam iqlim. O’rtacha yillik yog’in 2400 mm, eng ko’p yog’in yoz oylariga to’g’ri keladi. Yil davomida havo t-rasi kam o’zgaradi, 27° atrofida saqlanadi. Aholisi qariyb 2 mln. kishi (1990-y.lar o’rtalari). K. to’g’risida dastlabki ma’lumot u erga 1346 y.da kelib ketgan Arab sayyohi Ibn Battuta asarlarida uchraydi. O’rta asrlarda shahar Kolontata nomi b-n mashhur bo’lgan. 16-a.da Hind okeani havzasidagi muhim savdo markazlaridan edi. Portugaliyaning mustamlakachilik yillarida harbiy Fort (qal’a) bo’lgan. 17-a.da gollandlar qo’liga o’tdi. 1796 y.da inglizlar bosib olgan va 1802 y.dan Angliya mustamlakasi — Tseylonning ma’muriy markazi. 1948 y.dan mustaqil Tseylon davlatining, 1972 y. dan Shri Lanka Respublikasining poytaxti. 1985 y.dan mamlakatning yangi poytax — ti — Shri-Jayavardenapura-Kotte sh. qurilmokda. K. — mamlakatning asosiy iqtisodiy va madaniy markazi. Transport yo’llarining muhim tuguni. Hind oke- anining muhim dengiz yo’llari kesish- gan joyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. K. va uning atrofida mam- lakatdagi sanoat korxonalarining ½ qismi joylashgan. Oziq-ovqat, kauchukni qayta ishlash, kemasozlik va kema remont- ni korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Shahar yaqinida shina z-Di, me- tallurgiya z-dining prokat tsexi; sun’iy gavanda quruq dok, neft saqlanadigan va b. omborlar qurilgan. K.da davlat un-ti, Vidyalankara bud- da un-ti, texnika, nafis san’at kollej- lari, Milliy muzey, jamoat kutubxona- si, i.t. institutlari, san’at galereyasi va b. bor. Me’moriy yodgorliklardan ibodatxonalar saqlangan.