Kompyuter tomograf
Kompyuter tomograf — ob’- ektlar (mas, odamning ichki a’zolari, sa- noat mahsulotlarining ichki tu-zilishi) ni tadqiq qilish uchun mo’ljallangan qurilma. Bunda har xil nurlar b-n yori- tish va hisoblash usullari yordamida olingan ob’ekt ichki tuzilishining qatlam-qatlam tasvirlari (tomogramma- lar) o’rganib chiqiladi va ob’ekt haqida tegishli xulosa chiqariladi (q. Tomogra- fiya). AQSh olimi A. Kormak tomonidan 1963 y. ishlab chiqilgan, boshqa olimlar tomonidan takomillashtirilgan. K.t. tibbiyotda, turli sanoat tarmoqlarida qo’llanadi.