Kolizey, Kolossey

Kolizey, Kolossey (lot. Colosscus — ulkan) — qad. Rimdagi me’moriy yodgorlik (mil. 75-80 y.lar). Impera- tor Tit qurdirgan. Keyinchalik Flaviy amfiteatr» nomi b-n mashhur bo’lgan. K.bal. 57 m, tarhi ellips shaklida (524 m). 4 qatlamli o’rindiqqa 50 ming to- moshabin joylashgan. Sahna tagida hayvonlar qafasi, omborxona bo’lgan. Imperator o’rindig’i sahna b-n teng (bal. 3,5 m) bo’lgan. 1-qatlamda imperatorning yaqinlari, 2-qatlamda yuqori tabaqali kishilar, 3 va 4 qat-lamda oddiy xalq o’tirgan. O’rindiklar toshdan ishlangan, galereyalarining konstruktsiyalari beton va g’isht b-n mustahkamlangan. K. ning ulug’vor old tomoni 4 qavatli, har biri 80 ta ravoqlar qatori b-n jozibador ish- langan, pastki qismidan tomoshabinlar kirish va chiqishda foydalanganlar. K. markazidagi sahnada bayram marosimla- ri, qurbonlik, gladiatorlar jangi, te- ATR tomoshalari o’tkazilgan. Yunonistonda taxm. mil. AV. 300 y.da barpo etilgan Afinadagi Dionis K.iga 20.000, Epidavr K.iga 14000, Delfa K.iga 5000 tomoshabin joylashgan. K.da 8-9 soatda 3 tragediya va 1 satira asari qo’yilgan.