ZOOANTROPONOZLAR
ZOOANTROPONOZLAR (Zoo…, antropo… va nosos — kasallik), antropozoonozlar — hayvonlar va odamlar uchun umumiy bo’lgan yuqumli va invazion kasalliklar. Ularga kuydirgi, oqsil, brusellyoz, tuberkulyoz, listerioz, leptospiroz, tuyalar o’lati, quturish, bir qator gelmintozlar (finnoz, exinokokkoz, trixinellyoz) kiradi. Zooantroponozlar hayvondan hayvonga, hayvondan odamga, odamdan hayvonga yuqadi. Kasallik qo’zg’atuvchisining hayvonga va odamga o’tishida (yuqishida) odamning roli yuqori emas.