Kokil mashinasi

Kokil mashinasi — kokil quyma olishga imkon beruvchi mashi- na. K.m.da kokil pallalarini ochib- yopish, kuyma sterjenlarni o’rnatish, kokilga metall quyish, tayyor quymani kokildan chiqarish, tozalash va ular- ning ichki yuzalarini bo’yash ishlari bajariladi. Bir pozisiyali va ko’p po- zisiyali xillari bor. Bir pozisiyali universal K.m.da kokilni almashtirib, turli quymalar olish mumkin. Kokil pallalari K.m. yo’naltirgichlarida Su- riladigan pli-talarga o’rnatiladi. Mashina qismlari pnevmatik (havoli) va gidravlik (suyuqlikli) usullarda harakatlantiriladi. Ko’p pozisiyali K.m. karusel va konveyerli turlar- ga bo’linadi. Karusel K.m. aylanib turuvchi stolga o’rnatilgan bir nechta bir pozisiyali mashinalardan iborat bo’ladi. Konveyerli K.m.dagi transpor- tyor qurilmasida bir pozisiyali K.m. yoki kokillar xarakatlanadi. K.m. avtomat li- niyalar tarkibiga kiradi. Bunday liniya- da induktsion elektr pechlar, quyish ma- shi-nasi, ikkita karusel K.m., quymani termik ishlaydigan ikkita agregat va transportyor qurilmasi bo’ladi.