KOLLIZION NORMALAR
KOLLIZION NORMALAR — fuqarolik, oila, mehnat va xalqaro tus- dagi boshqa huquqiy munosabatga qaysi davlat huquqi qo’llanilishi lozimligini ko’rsatuvchi me’yorlar. Kollizion huquk tarkibiga kiradi. Bunday huquqiy muno- sabat yuzaga kelgan paytda sud yoki boshqa davlat organi oldida mazkur munosabatga shu davlatning milliy huquqini yoki chet el huquqini qo’llanish lozimligi masa- lasi hal qilinadi. O’zbekiston FKning 6 bo’limida xalqaro xususiy huquq nor — malarini fuqarolik-huquqiy munosa- batlarga nisbatan tatbiq qilishning umumiy qoidalari, jismoniy va yuridik shaxslar, shaxsiy nomulkiy huquqlar, intellektual bitimlar, vakillik, da’vo muddati, ash’yoviy huquqlar, shartnoma va shartnomadan tashkari majburiyatlar- ga, vorislik huquqiga oid K.n.lar bel- gilab berilgan. Ularga ko’ra, jismoniy shaxs qaysi mamlakat fuqarosi bo’lsa, shu mamlakat huquqi uning shaxsiy qonuni hisoblanadi. Shaxs ikki yoki undan ortiq fuqarolikka ega bo’lgan takdir- da, u qaysi mamlakat b-n eng ko’p uzviy bog’langan bo’lsa, uning uchun o’sha mamla- kat huquqi shaxsiy qonun hisoblanadi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxs qaysi mam- lakatda doimiy yashab turgan bo’lsa, o’sha mamlakat huquqi uning shaxsiy huquqi hisoblanadi. Jismoniy shaxsning Hukuq va muomala layoqatlari uning shaxsiy qonuni b-n belgilanadi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shax- slar O’zRda fuqarolik huquq layoqatida O’zR fuqarolari b-n teng ravishda foyda- lanadi. O’zR qonunlari yoki xalqaro shar- tnomalarda belgilangan hollar bundan mustasno (FK, 1168, 1169-moddalar).