Kollizion huquq

Kollizion huquq — turli dav latlarning qonunlari (tashqi K.h.) yoki bir davlatning normativ aktlari (ichki K.h.) o’rtasidagi kolliziya (bir-biriga zidlik)larni hal qiluvchi normalar majmui. «K.h.»atamasini dastlab 17-a. da golland huquqshunoslari qo’llagan, 20-a.da keng tarqalgan. Tashqi K.h. xalqaro xususiy huquk tarkibiga kiradi. Bir qancha mamlakatlar (Buyuk Britaniya, AQSh va b.)da «xalqaro xususiy huquq» tushunchasi K.h. tushunchasi b-n bir xil yuritiladi. Ichki K.h. Federativ davlat- larda alo\ida ahamiyat kasb etadi, chunki bunday davlatlarda federal ququq b-n federasiya sub’ektlari huquqi o’rtasida qarama-qarshilik paydo bo’lishi mumkin.