Kollektorli mashina
Kollektorli mashina — o’zga ruvchan va o’zgarmas tokka mo’ljallangan elektr mashina. Rotorning chulg’ami kol- lektor b-n tutashtirilgani tufayli shunday atalgan. Turlari: kol-lektorli generator, kollektorli dvigatel va kollektorli chastota o’zgartirgich. Kol- lektorli generator dan, asosan, 3 FA- zali o’zgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi. Vir fazali va 3 fazali kollektorli dvigatel uy-ro’zg’or elektr asboblarida (bir fazalisi), tezligini keng miqyosda rostlab tursa bo’ladigan kuvvatli elektr asboblarda (bosmaxo- na, to’qimachilik korxonalari elektr mashinalari hamda metall kesish sta- noklarida) (uch fazalisi) ishlatiladi. Kollektorli chastota o’zgartirgichlar elektr mashinalar kaskadi (q. Kaskad) tarkibiga kiradi qamda ulardan asin- xron elektr dvigatelt tok va kuchlanish- lar fazasi siljishining o’rnini qoplash uchun foydalaniladi. Yarimo’tkazgichlar texnikasi taraqqiy etishi munosabati b-n kollektorli chastota o’zgartirgichlar o’rniga, asosan, yarimo’tkazgichli chastota o’zgartirgichlar ishlatilmokda.