Kolima
Kolima — Meksikadagi shtat, Tinch okean sohilining Jan.-g’arbida. Mayd 5,5 ming km2 (Revilya-Xixedo o.lari b-n birga). Aholisi 540,6 ming kishi (2000). Ma’muriy markazi — ko- Lima sh. Relefi tepalik va tog’lardan iborat (bal. 1000 m gacha). Tez-tez zil- zila bo’lib turadi. Kambar sohilbo’yi qismida tropik iqlim. O’rtacha oylik t-ra 24-28°. Yiliga 700-900 mm, tog’larda 1300 mm gacha yog’in yog’adi. K. — mamlakatning qoloqshtatlaridan. Ikti- sodiy faol aholining 3/5 qismi q.x.da band. Armeriya daryosi havzasida meva, shakarqamish, er yong’oq, tamaki ekiladi. Oziq-ovqat, tamaki, ko’n poyabzal sano- ati korxonalari bor. Asosiy transport vositasi t. y. bo’lib, Mansanilo yirik portini Mexiko b-n bog’laydi.