Kollej
Kollej (ing. college) — 1) Buyuk Britaniya, AQSh va ayrim boshqa mam- lakatlarda oliy, o’rta, yuqori o’rta o’quv yurti (ayrim hollarda un-t tarkibida). Dastlab 13-a. boshlarida Buyuk Brita-ni- yada vujudga kelgan; 2) Frantsiya, Shvey- tsariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari frantsuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi o’rta va to’liqsiz o’rta o’quv yurti. Frantsiyada dastlabki K. o’rta asrda un-tlarda paydo bo’ldi; 3) O’zbekistonda o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurti. O’zRning 1997 y. avg.da qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy da- sturi» va «ta’lim to’g’risida»gi qonuni hamda O’zR Vazirlar Mahkamasining 1998 y. Fev. dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.