Kollektor-drenaj tarmog’i

Kollektor-drenaj tarmog’i -erlarni botqoqlanishdan va sho’r bosishdan saqlash hamda optimal suv-tuz rejimini ta’minlash maqsadida ortiqcha tuproq va grunt suvlarini Yi-g’ib, meliorasiya qilinadigan may- dondan chiqarib yuborish maqsadlarida quriladigan inshootlar majmui. K.- D.t.ning katta qismini ochiq zovur- lar tashkil qiladi. O’zbekistonda xo’jaliklararo kollektorlarning umu- miy o’z. 28,2 ming km, 2,8 mln. ga dan ortiq sug’oriladigan erlar kollektor- drenaj tarmoqlari b-n ta’minlan-gan (2001). K.-D.t.ni qurish Mirzacho’l, Qarshi cho’li, Surxon-Sherobod Dashti- dagi erlarni keng miqyosda o’zlashtirish imkonini berdi. K.-D.t.ning eng yirik tarmoqlari Buxoro, Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Farg’ona viloyatlarida, Turkmanistonda Qoraqum kanali zonasida, Tojikistonda Vaxsh vodiysi, Yovon vohasida qurilgan bo’lib, meliorasiyalanganga maydonga 25 dan 52 m gacha uzunlikda kollektor va zovur to’g’ri keladi. K.-D.t. qurish agrotexnik tadbirlar b-n birgalikda sho’r erlar meliorasiyasida, ekinlar hosildorligini va yalpi hosilini oshi- rishda muhim ahamiyatga ega (q. Gorizon- tal drenaj). Masharif Boqiev.