Kineskop

Kineskop (Yun. kinesis — harakat va sropeo — qarayman) — qabul qiluvchi televizion trubka — elektr signallar- ni yorug’lik signallariga aylantiruvchi qurilma; televizion tasvirlarni qayta ko’rsatuvchi elektron nurli trubka. Oq- qora tasvir hosil qilinadigan K. elek- tron projektorli shisha kolbadan ibo- rat bo’lib, uning old devori (ekrani) oq yorug’lik beradigan lyuminofor qatlami b-n qoplangan. Elektron oqimi (electron nur) ta’sirida lyuminofor yorisha bosh- laydi, magnit tizim b-n og’diriladigan elektron nur esa tasvirni yoyib, ekran- da televizion tasvir hosil qilinadi. Tasvirning yorug’ligini va kontrast- ligini oshirish, shuningdek, lyumi- noforning manfiy ionlar oqimidan emirilmasligi uchun kolbaning ichki sirtiga yupqa (0,5—1,0 mkm) alyuminiy parda qoplanadi. Rangli tasvir hosil qilinadigan K.da uchta elektron Pro- jektor bor, ekrani esa kizil, yashil va ko’k yorug’lik beradigan lyuminofor b-n qoplangan (q. Rangli televidenie). Kat- ta (3-4 m2) ekranda televizion tasvir hosil qilish uchun ravshanligi yuqori bo’lgan proektsion K.dan foydalaniladi. OK,-qora tasvirli K.ning ekrani Diago- nali bo’yicha 3, 6, 11, 16, 23 mm (ko’tarib yuriladigan), 35, 43, 47, 59, 61, 65 va 67 mm o’lchamda; rangli tasvirli K. 25, 40, 59 va 61 mm va h.k. o’lcham qilib ishlab chiqariladi.