Kiryalash
Kiryalash (Arab, kirya — tortish) — metallarga bosim b-n ishlov berish; metallni maxsus qurilma — kirya teshi- gi (filer) orqali tortib o’tkazish. K. natijasida metall zagotovka (sim, chiviq va b.)ning ko’ndalang kesim yuzi kichra- yadi, o’zunligi ortadi, sirtining sifa- ti va mexaniq xossalari yaxshilanadi. K. po’lat, rangli metallar va ularning qotishmalaridan turli shakldagi trubka- lar, diam. 0,002 mm gacha bo’lgan simlar, 100 mm gacha bo’lgan chiviqlar tayyorlashda qo’llaniladi. K. jarayoni maxsus qurilma — kirya l a sh s t a n i da amalga oshiri- ladi. K. stanining asosiy qismlari — kirya (teshikli qurilma) va tor- tish qurilmasi. Metallni to’g’ri chiziq bo’yicha tortib cho’zadigan va kiryalangan metallni barabanga o’raydigan K. stanla- ri bo’ladi. Stanni harakatlantirish usu- liga ko’ra, zanjirli, reykali, gidravlik, barabanlar soni bo’yicha bir barabanli va ko’p barabanli turlarga bo’linadi. K. stanining tortish kuchi — 1kN dan, 2,5 Mn gacha.