KISLOTABARDOSH MATERIALLAR

KISLOTABARDOSH MATERIALLAR— kislotaga chidamli materiallar. Metall va metallmas (anorganik va orga- nik) xillarga bo’linadi. Metall K. m.ga temir asosidagi qotishmalar (yuqori legirlangan va uglerodli po’latlar, cho’yanlar), rangli va Nodir metallar (mas, nikel, mis, alyuminiy, titan, tsirkoniy, oltin, platina) va ularning qotishmalari kiradi. Metallmas (anor- ganik) K. m., odatda, silikat kislotalar to’zlaridan iborat bo’ladi. Bunday Mate- riallarga tosh holatda quyilgan materi- allar, silikat va kvars shishalar, kislo- tabardosh beton va tsementlar, kislotaga chidamli keramik materiallar, emallar va tog’jinslari — asbest, granit, besh- taunit, andezit, va b. kiradi. Organik K. m. — polietilen, polivinilxlorid, polipropilen, ftoroplastlar, sinte- tik kauchuk asosidagi rezinaning ba’zi turlari va b. eng keng tarqalgan. K. m. kimyo, engil va oziq-ovqat sanoatlarida, mashinasozlik hamda elektrotexnikada qo’llaniladi.