Kista
Kista (Yun. kistis — pufak) — turli a’zo va to’qimalarda vujudga keladigan, qalin devor b-n o’ralgan va ichida suyuq yoki bo’tqasimon massasi bo’lgan patolo- gik bo’shliq. K., ko’pincha, tuxumdonda, turli qavatlarda, jigar, buyrak, o’pka, hatto bosh miyada uchrashi mumkin. Bez- li a’zolar sekret chiqaruv yo’llarining berkilib qolishi natijasida kelib chiqadigan dimlanish K.si (retentsion K.); to’qimalar shakllanishining buzi- lishi oqibatida paydo bo’ladigan tug’ma K. (o’pka, jigar, buyrak, va b.da); tomir yoki bez o’smasidan iborat bo’lib, ichiga suv to’planishi tufayli K.ga aylanadi- gan o’smasimon K. (kavernoz angioma); shikastlanish natijasida epiteliy siljishi va tagidagi to’qimaga kirishi- dan hosil bo’ladigan travmatik K. (mas, ko’z rangdor pardasi K.si), shuningdek, gijjalar (exionokokk tsistiserk)ning to’qima va a’zolarga joylashib olishi- dan vujudga keladigan parazitar K. va b. xil K.lar bor. Tuxumdon K.si ko’p uchraydi. U xavf- siz o’sma bo’lib, Graaf pufakchalari yoril- may qolishi sababli follikul devorla- ri sekin-asta kengayib, unda suyuqlik to’planishi natijasida vujudga keladi. Pufakchalarda band (oyoqcha) bo’lib, agar u buralib qolsa, qorin to’satdan qattiq og’riydi. K. yong’oqdek, ba’zan olmaday bo’lishi mumkin. K.si bor ayol munta- zam vrach nazoratida turishi lozim. K. yiringlashi, atrofidagi to’qimalarni siqib qo’yishi yoki xavfli o’smaga ayla- nishi mumkin. Dori-darmonlar b-n K.ni yo’qotib bo’lmasa, operasiya qilib olib tashlanadi.