Klossh g’o’zasi
Klossh g’o’zasi (Gossypium Klotzschianum Anderss) — yovvoyi g’o’za turi. Xromosomalar soni 2p=26, genomi D3_k, 1853 y.da kashf qilingan. Birin- chi marta Anderson ta’riflab bergan. Vatani — Galapagos orollari. Orol qirg’oqlaridagi Toshloq erlarda o’sadi. K.G’. yumshoq, kalta tuklar b-n qoplangan ko’p yillik buta. Bo’yi 4 m cha, hosil shox- lari kalta, ba’zan qo’shaloq bo’la-Di, o’suv shoxlari kuchli rivojlangan. Ko’sagi 3 va 5 chanoqli, mayda, uzunchoq sharsimon, yuqoriga qarab toraygan, uchi to’mtoq. Har bir chanog’ida 6 tadan chigiti bor. Chigitp mayda, kalta qo’ng’ir tuklar b-n qoplangan. Chigit qobig’i qattiq, toshchi — git. K.G’. qurg’oqchilikka chidamli, qat’iy fotodavriy o’simlik. Davidzon g’o’zasi b-n chatishib pushtli, Meksika fasi, Peru g’o’zasi b-n puch chigitli, Raymond g’o’zasi b-n bepusht duragay hosil qiladi.