Kishtut

Kishtut — Surxondaryo vilo- yati, Sariosiyo tumanidagi Daryo. To’polondaryoning yirik chap irmog’i. Hisor tizmasining Jan.-g’arbiy yon bag’ridagi kichik mo’zlikdan boshlanadi. O’z. 50 km, havzasining mayd. 719 km2. K. yon bag’irlari baland va tik, ayrim joy- larda tor vodiyda, nishabi katta o’zanda oqadi. Etak qismida vodiysi kengroq, yon bag’irlari ham ancha past va yotiq. K. havzasida yog’in ko’p yog’adi, kichik muzli- klar ham bor. O’rtacha yillik suv sarfi 18 m3/sek. Qor va mo’zliklardan hamda yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Suvi Fev. oxiridan ko’paya boshlaydi, may— iyunda eng ko’p bo’ladi, iyuldan yanv. Oxirigacha kamaya boradi. K. suvi To’po-londaryoga qo’shilib Surxon vodiysidagi erlarni sug’orishga sarflanadi.