Kloaka
Kloaka (lot. cloaka — axlat chiqarish nayi) — umurtqali hayvonlar to’g’ri ichagining tashqariga ochiladigan kengaygan qismi. To’garakog’izlilar (mik- sinlar, minogalar lichinkasi), baliqlar (akulalar, skatlar, ikki xil nafas oluv- chilar), barcha suvda va quruqlikda yashov- chilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va kloakali sut emizuvchilarda K. bo’ladi. Ko’pchilik sut emizuvchi xayvonlarda K. bo’linib, siydik — jinsiy sinus- ni va to’g’ri ichakning oxirgi qismini hosil qiladi. K.ga siydik yo’li, jinsiy yo’l, ba’zan siydik pufagi ochiladi. K. bir qancha umurtqasizlar (hasharotlar, to’garak chuvalchanglarning erkagi, og’iz aylangichlilar)da bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- Kloaka
- Kloaka
- Kloaka
- Kloakalilar, tuxum qo’yuvchilar, bir teshiklilar, dastlabki darrandalar
- KLOD (CLAUDE) ALBERT
- Klon
- Klon tanlash
- Kloson Jerard


