Kiniklar, kinik maktabi
Kiniklar, kinik maktabi — Yunonistondagi Sokrat falsafa MAK- tablaridan biri. Mil. AV. 4-a.da anti- sfen asos solgan. Diogen Sinoplik, Kratet va b. uning vakillari bo’lgan. Antisfen Afinadagi Kinosarg tepa- ligida (K. nomi shundan) shogirdlari b-n shug’ullangan. K. Sokrat va Platon- ning yaxshilik, adolat, go’zallik g’oyalari kabi umumiy tushunchalarning ob’ektiv mavjudligi to’g’risidagi ta’limotini tanqid qildi va aniq, odamlar hissiy qabul qiluvchi narsalargina Real mav- juddir, deb hisobladi. Etika masala- lariga alohida e’tibor berdi. Boylik, hashamdorlik, madaniyat yutuqlaridan voz kechib, «tabiiy holat»ga qaytishni talab qildi. K.ning axloqiy qarashlari insonning ijtimoiy hayotdan ajralib yashashi, biron-bir qonun, ijtimoiy me’yorlarga bo’ysunishdan voz kechishiga asoslangan edi. K. Yunonistonda axloqiy g’oyalarning rivojlanishiga, xususan, antik stoiklarning qarashlariga ta’sir ko’rsatgan.