Ikromov Akmal Ikromovich

Ikromov Akmal Ikromovich (1898, Toshkent — 1938.13.3, Moskva) — dav- lat va siyosat arbobi. Toshkentning O’qchi mahallasida maktabdor Ikrom domla oilasida tug’ilgan. Otasining maktabi- da savod chiqargan. Yoshligidan fors va Arab tillarini puxta egallab, Sharq ada- biyotini chuqur o’rgangan. Toshkent sh.da o’qituvchi (1918-19), «Izchilar to’dasi» va «Chig’atoy gurungi» a’zo-si, Elxon ta- xallusi b-n she’rlar yozgan. Namangan, Farg’ona, Sirdaryo viloyatlari partiya tashkilotlarida turli lavozimlarda FA- oliyat ko’rsatgan (1919-21). Turkiston KP MK kotibi va tashkiliy instruk- torlik bo’limi mudiri (1921-22). Tur- kiston Respublikasida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) ni amalga oshirilishida ta-shabbuskorlik qilgan. Moskvada Ya. M. Sverdlov nomidagi Kommunistok un-tda o’kigan (1922-24). 1925 y. yanv.da tosh- kent viloyati partiya komiteti kotibi, ayni paytda 1925 y. Fev.dan O’zKP(b) MK kotibi, birinchi kotibi (1929 y. dek.- 1937 y. sent.), ayni paytda VKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi kotibi (1931-34). Butun Rossiya MIK a’zosi, SSSR MIK Prezidiumi a’zoligiga nomzod (1925- 37). O’zSSR MIK Prezidiumi a’zosi (1925-37). I. 1919-24 y.larda imkoniyati doi-rasida o’zbek xalqi manfaatlari uchun Markaz siyosatiga qarshi kurash- gan. Mas, Moskvada bo’lgan RKP(b MK milliy respublikalar va viloyatlar rahbarlarining 4kengashi (1923 y. 9— 12 iyun)da u Turkistonda yuritilayot- gan sovet siyosatini qattiq qoralab, hoz. Turkiston b-n chor Turkistoni o’rtasida hech qanday farq yo’q, deb ta’-kidlagan edi. RKP(b) MK Bosh kotibi I. V. Sta- Lin bu haqqoniy muloqazalardan key- in I. va Turkiston er ishlari xalq ko-missari Sultonbek Xo’janovni mil- latchilikda ayblab, ularni «bosmachilar- ning hamtovoqlari» deyishgacha bordi. I. mohir publisist sifatida O’zbekistonda q.x.ni, xususan, paxtachilikni ri- vojlantirishga, madaniy qurilishga doir ko’plab nazariy maqolalar, il- miy asarlar yozgan. I. o’z faoliyati da- vomida O’rta Osiyo byurosi va Markaz- ning ko’rsatmalariga amal qilishga majbur bo’lgan. O’n sakkizlar guruqi, inog’omovchilikka (q. Inog’omov R.) qarshi g’oyaviy kurash olib borgan (1925-27). O’zbekistonda er-suv islohoti, majbu- riy jamoalashtirish (kollektivlashti- rish), respublikada zamonaviy sanoat asoslarini qurish va b. tadbirlarga rahbarlik qilgan. Jadidlarni «burjua millatchiligi»da ayblagan. I. garchi bolshevistik g’oyadan che- kinmagan bo’lsa qam, mustabid tuzum qatag’onchilari uni ayab o’tirmagan. 1937 y. sent.da Toshkentda qamoqqa olindi. So-vetlarga qarshi «o’ng Troskiychi blok» deb atalgan ish bo’yicha Moskvada sud qilinib, sobiq SSSRni bo’lib yubo- rish, jumladan, undan O’rta Osiyo res- publikalarini ajratib olish, davlat tu- zumini ag’darish, kapitalizmni, burjua- ziya hokimiyatini tiklashda ayblan-Di va otib tashlandi. 1957 y. 3 iyunda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi I.ni aybsiz deb topdi va u oklandi. I. xotirasi abadiylashti-rilib, Toshkent sh.dagi tumanga, Toshkent temir yo’l transporti muhandislari in- tiga, poytaxtdagi yirik ko’cha, mahalla va maktabga, Zangiota tumanidagi shirkat xo’jaligiga uning nomi berilgan. Tosh- kent va Samarqandda haykali bor. As: Izbrannie Trudi v tryox tomax [t. I— III], T..J972-1974. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 2-ki-tob [O’zbekiston sovet mustamlaka- chiligi davrida], T., 2000; Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasi- onalnoy nezavisimosti, T., 2000; ikra- mov K., Delo moego otsa, M., 1991. Qahramon Rajabov.