Ich ketishi, ich surishi, diareya
Ich ketishi, ich surishi, diareya — tez-tez ich kelishi b-n kechadigan ichak kasalligi, ichak shilliq qava-tining yallig’lanishi, ichakning harakati, oziq moddalarni so’rish va shira chiqarish funktsiyalari buzilishi natijasida ke- lib chiqadi. I k. ga ko’pincha ingichka yoki yo’g’on ichakdagi yallig’lanish (kolit) ja — rayonlari sabab bo’ladi. Me’da va me’- da osti bezi faoliya-tining buzilishi (axiliya, pankreatit), avitaminozlar, surunkali zaharlanishlar, nerv regulya- tsiyasining izdan chiqishi va b. ham I.k. ga sabab bo’lishi mumkin. Ichak peri- staltikasi (harakati) kuchayganda ich suyulib, tez-tez keladi, chunki ichakda- gi suyuqlik tez harakatlanadi va qonga so’rilib ulgurmaydi. Kishi haddan tashqari hayajonlanganda yoki qo’rqqanda, shuningdek, ichak peristaltikasini ku- chaytiradigan ovqat (sabzavot, ho’l meva, kepakli non va h. k.) kup eyilganda ich ke- tadi. Ba’zan me’dada ovqat etarli hazm bo’lmaganda, mas, me’da osti bezi va Ji- garning sekret (shira, ut) i.ch. funktsiyasi buzilganda ovqat tuzuk hazm bulmay, ich surishi mumkin. Turli mikroorganizmlar (mas, Di- zenteriya, xelikobakter pilori, ichak tayoqchalari mikroblari) va ularning toksinlari (zaharlari) ta’sirida icha- klar, ayniqsa, ingichka ichak shilliq pardasi yallig’lanib, ko’pincha I.k. ga sabab bo’ladi (q. Enterit). I.k. alohida kasallik bo’lmay, dizenteriya, ovqatdan bo’ladigan toksikoinfektsiyalar, ich ter- Lama, paratif, vabo, surunkali ichak yallig’lanishi (surunkali enterokolit, kolit) kabi bir qator kasalliklar bel- gisidir. Shu bois ich ketganda darhol vrachga murojaat kilish kerak. Ichak yallig’langanda goh bijg’ish (achish), goh chirish (sasish) jarayoni kuchayadi, mas, ingichka ichak yallig’langanda bijg’ish, yug’on ichak yallig’langanda chirish ustun buladi. I. k.ning davosi va parhezi ham shunga qarab belgilanadi. Mishyak, simob, kislota, ishqor ka- bilardan zaharlanishda, shuningdek, ba’zi sabablarga kura organizmda hosil bo’lib, unda unlashib qolgan endogen toksinlardan zaharlanishda I.k. mum- kin (mas, uremiyada I.k.) Gijjalar ham ichakni yallig’lantirib, ich surishi mum- kin (bolalardagi I.k. haqida q. Bolalar dispepsiyasi). I.k.ni to’g’ri davolash uchun uning sabablarini bilish va ularni bartaraf qilish kerak. I. k.ning xiliga va saba- biga qarab parhez qilishning ahamiyati katta. Mas, ichakda bijg’ish jarayoni ustun bo’lsa, uglevodli ovqatlar (mas, xa- Mir ovqat, shirinlik) cheklanib, asosan, oqsilli ovqat (tvorog, tuxum, gusht yoki baliq) buyuriladi, chirish jarayoni ustun bo’lsa, oqsilli ovqat (ayniqsa go’sht, tu- xum) o’rniga uglevodli ovqat (shirinlik, pishirib ezilgan sabzavot), ho’l meva, shovla, shirguruch, Shirqovoq va sh.k. ovqatlar buyuriladi. Dorilar va parhez haqida vrachdan maslahat olish ke-rak. Oldini olish. Tartib b-n to’g’ri ovqatlanish (ovqatni har kuni ma’lum soatlarda, shoshmasdan, me’yorida eyish), oziq-ovqatni buzilishi va ay-nishidan saqlash, ovqatni yaxshilab pishirish muhim. Hayajonlanish, qo’rqishdan ke- lib chiqadigan (nevrogen) I.k.ning oldini olish uchun nerv sistemasini chiniqtirish kerak. Me’da faoliyatining buzilishidan kelib chiqadigan I.k.ning oldini olish uchun me’da kasallikla- rini davolatish va oldini olish zarur. Qo’l, idish-tovoqni toza tutish, og’rigan tishni o’z vaqtida davolatish kabi shax- siy profilaktika choralari ko’riladi. Ad.: Qosimov E. Y. va b., Ichki ka- salliklar propedevtikasi. T., 1996; Yo’ldoshev K. Y. va b., Xronik kolitlar va yo’g’on ichak diskineziyalari, T., 1989.