Isitish

Isitish — turar joylar, sano- at binolari, muassasalar va b. jamoat binolarini yilning sovuq paytlarida sun’iy isitishga doir tadbirlar maj- mui. Kishilar o’zini yaxshi his qilishi, texnologik jarayonlar me’yorida o’tishi, jixrzlar, materiallar, mahsulotlar va b. yaxshi saklanishi uchun xona t-rasi mo»tadil (turar joylarda + 18°, tomo- sha zallarida +16°, kasallar operasiya qilinadigan xonalarda +25° va h.k.) bo’lishi kerak. I. qurilmalari majmui isitish ti- zimi deb ataladi. U mahalliy va marka- ziy I.ga bo’linadi. Pechka, gaz va elektr qurilmalar yordamida I. mahalliy isi- tish tizimiga kiradi. Markaziy isitish tizimi issiqlik generatori (qozon), qizish asboblari (radiatorlar, Rees- trlar) va issiklik yo’llari (quvurlar) dan iborat. Issiklik generatorida yoqilg’i (ko’mir, gaz, ba’zan, mazut va b.) yonganda issiklik eltuvchi (suv, bug’ yoki havo) qiziydi. U quvur orqali bo- rib, qizish asboblarini, ular esa xona havosini qizdiradi. Qozondagi suv t-rasini o’zgartirib, xona t-rasini bir me’yorda saklash mumkin. Issikdik eltuv- chi turiga qarab, Markaziy I. suv bilan isitish, bug’bilan isitish va havo bilan isitish xillariga bo’linadi. Bitta gene- rator bir yoki bir necha binoni isitadi. Binolar guruhi tuman qozonxonasidan yoki issiklik elektr markazidan isiti- lishi va issiq suv b-n ta’minlanishi mumkin. Suv b-n isitish va havo b-n isi- tish tizimlari turar joylar, o’quv muas- sasalari, kasalxonalar, bog’cha, yasli va b. binolarni I.da, bug’b-n isitish organik chang ajralmaydigan korxona binolari- Nigina I.da qo’llanadi. Bulardan tash- kari, gaz b-n isitish, elektr b-n isitish, aralash (kombinasiyalashgan) isitish, nur bilan isitishpzm ham foydalani- ladi. Yirik panelli binolarda radia- torlar, quvurlar devor yoki Pol orasiga o’rnatiladi. Kam qavatli va yakka (xusu- siy) binolarni isitishda pech bilan isitish usulidan foydalaniladi.