ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI

ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI -O’zRda malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoni hamda o’rta maxsus va kasbhunar ta’limining tarkibiy qismi. Asosiy vazifasi — kelgusida malakali muta- xassis bo’lib etishadigan o’quvchilarni muayyan kasb sohasida bevo-Sita faoliyat ko’rsatishga tayyorlash, ya’ni bilimlar- ni amaliyotga tadbiq etishga o’rgatish, zarur kasb ko’nikmalari va malakalari- ni shakllantirishdan iborat. I.ch.t.ni amalga oshirishda nazariy ta’limning ahamiyati katta. I.ch.t. 3 asosiy bosqich (o’quv ustaxonalari, o’quv maydonlari, o’quv lab.lari, o’quv xo’jaliklaridagi I.ch.t.; i.ch. sharoiti — korxona, qurilish, xo’jaliklardagi I.ch.t.; i.ch. tajribasi) ga bo’linadi. Har bir bosqich o’ziga xos maqsad va o’quv jarayonida o’z o’rniga ega bo’lib, kasb xususiyatiga qarab ular tur- li muddatli bo’ladi va u I.ch.t. dasturi b-n belgilanadi. O’quvchilarning I.ch.t. ishlab chiqarish ustasi rahbarligida va o’quvchilarning unumli mehnati davo- mida amalga oshiriladi. I.ch.t. mazmuni muayyan kasbdagi kichik muta-xassis- larning mehnat faoliyati hamda malaka darajasini taxlil qilish asosida bel- gilanadi. O’quvchilarga I.ch.t. berishdan asosiy maqsad ularga o’z kas-blari uchun xos bo’lgan i.ch. jarayonini rejalashti- rish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish, i.ch. jarayoniga xizmat ko’rsatishga o’rgatishdan iborat. Kichik mutaxassis bajaradigan ana shu vazifalarning mu- ayyan kasb va malaka darajasiga muvofiq aniq mazmuni maqorat tavsifnomasida aks etadi. Bu hujjat kichik mutaxassis bajaradigan ishi va kasbhunar bo’yicha «O’zbekiston Respublikasi kasbhunar ta’limi davlat ta’lim standarti» (2000 y. 16 okt.) asosida tuziladi. Unda o’quvchi kasbhunar o’quv yurtida ta’lim olishi davomida egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarga qo’yiladigan ta- lablar qayd etiladi. Mahorat tavsif- nomasi kasbhunar o’quv yurtida kichik mutaxassislarni tayyorlash mohiyatini belgilovchi asosdir. Kichik mutaxas- sislarning mehnat faoliyatini tahlil qilish natijasida ajratib olingan mehnat jarayonlarini bajarish yo’llari va usullari muayyan tarzda tartibga so- linadi hamda I.ch.t. mazmunini belgilov- chi I.ch.t. dasturida bayon qilinadi. I.ch.t. dasturi o’quvchilarga nimani, qanday iz- chillik va hajmda o’rgatishni belgilab beradi. I.ch.t. dasturini ishlab chiqishga korxonalarning etakchi muxandis-texnik xodimlari, i.t. muassasalari va vazirli- klar, kasbhunar o’quv yurtlarining ma- lakali xodimlari jalb qilinadi. I.ch.t. ta’limning turli usullaridan foydala- nilgan tarzda amalga oshiriladi. O’tkir Tolipov.