Issiqlik, issiqlik toshishi

Issiqlik, issiqlik toshishi — qattiq terlash va terning sekin bug’lanishi natijasida paydo bo’ladigan teri kasalligi. Ko’proq issiq kunlarda go’daklar va yosh bolalarda, shuningdek, ko’p terlaydigan semiz kishilarda ku- zatiladi (q. Terlash). Isitmalaganda, ko’p terlaganda va isituvchi compress qo’yilganda ham I. toshishi mumkin. Issiqlik badanning yopiq joylariga — bolalarda ko’pincha orqa, dumba, bo’yin terisiga, dumba orasi va qo’ltiq ostida- gi teri burmalariga, kat-talarda, odatda, qo’ltiq va ko’krak bezlari ostidagi teri burmalariga yoyilib yoki to’p-to’p bo’lib toshadi. Toshmalar ichida tiniq suyuqligi bor pufakchalardan iborat bo’lib, mayda, ba’zan kattaligi to’g’nog’ich boshchasidek keladi. Toshmalar bir-biriga qo’shilib ke-tadi. Pufakchalar birmuncha tez quriy- Di, pust tashlaydi va keyin iz qoldirmay yo’qolib ketadi. I. toshgan joy qattiq qichishadi: qashilganda infektsiya tushib, terining yiringli kasalliklari paydo bo’lishi mumkin. Ayniq-sa bu holat nim- jon bolalarda boshning sochli qismiga issiqlik toshganida ko’proq kuzatiladi. Issiklik toshganda vrach tavsiyasiga ko’ra davo qilinadi. Oldini olishda kizib ketishga sabab bo’ladigan omillarni Barta-raf etish muhim. Ochik havoda ko’proq bo’lish, xona- ni bot-bot shamollatib turish, margan- sovkaning nimrang erit-masidan vanna kabul qilish yaxshi naf beradi. Issiq kunda ip gazlamadan tikilgan kiyimlar kiyish maqsadga mu-vofiq. Yosh bolalar- ni haddan tashqari issiq kiyintirish, ortiqcha o’rabchirmash yaramaydi, ularga muntazam ravishda havo va suv vannalari qabul qildirib turish foydali.