ISSIQLIK TASHUVCHILAR
ISSIQLIK TASHUVCHILAR — issiqroq jismdan sovuqroq jismga is-siklik uzatishda qo’llaniladigan harakatlanuvchi muhit. I. t. issiklik b-n ta’minlash, isitish, shamollatish (ventilyasiya) tizimlarida, texnologik issiklik va b. qurilmalarda sovitish, quritish, termik ishlov berish va b. uchun xizmat qiladi. Yoqilg’i o’choq (tu-tun) gazlari, suv, suv bug’i, suyuq me-tallar (kaliy, natriy, simob), freon va b. eng keng tarqalgan I. t. hisoblanadi. I. t. issiklikni uzatish jarayo-nida agregat holatini (qaynayotgan Su-yuqlik, kon- densatlanayotgan bug’) o’zgartirishi yoki bu holatni o’zgartirmay saqlab qolishi (qaynamayotgan suyuqlik, o’ta qizdirilgan bug’, kondensatlanmaydigan gaz) mum- kin. Birinchi holda I. t. ning t-rasi o’zgarmay qoladi, chunki faqat fazaviy o’tish issiqligigina uzatiladi; ikkin- chi holda esa t-ra o’zgaradi (pasayadi yoki ko’tariladi). Yadro reaktorida I. t. ga alohida talablar qo’yiladi.