ISSIQLIK O’TKAZUVCHANLIK
ISSIQLIK O’TKAZUVCHANLIK — biror muhitda uning turli qismlaridagi t-raning muvozanat qiymatidan chetla- shishi natijasida issiqlik oqimining vujudga kelishi hodisasi. I. o’. issiqlik oqimi zichligi b-n uni vujudga keltir- gan moddadagi t-ra gradienti orasidagi proportsionallik koeffisienti — I. o’. koeffisienti % b-n ifodalanadi. Har xil jism is-siqlikni turlicha o’tkazadi. Mac, qat-tiq yoki suyuq jismlarning I. o’. xossasi gaznikidan yuqori. Kumush eng katta I.o’.gaega: x=428J/m-strad). Qat-tiqjismning I. o’. i uning tuzili- shiga bog’liq. G’ovak jismlarniki kichik (chunki g’ovaklarni to’ldiruvchi gazning I. o’. i kichik). Issiqlikni jismning zarralari (zarralar tebranishi tufay- li issiqlikni biridan ikkinchisiga uzatadi), shu sababli metallarning I. o’. ko’rsatkichi katta bo’ladi.