ISHLAB CHIQARISH TAJRIBASI

ISHLAB CHIQARISH TAJRIBASI -tajriba xo’jaliklari, shir- kat va jamoa xo’jaliklari dalalarida o’tkaziladigan tajriba. Dala tajriba- sining u yoki bu agrotexnologik tadbir qo’llanilganda eng yuqori samara olin- gan juda yaxshi variantlari asosida tash- kil etiladi. Sinovlar muayyan zonaning iqlim-tuproq xamda tashkiliy-xo’jalik sharoitlariga xos muhitda yangi texno- logiya yoki agrotexnologik tadbirning samaradorligini tadqiq etish uchun o’tkaziladi. Tajriba o’tka-zish usuli maz- kur xo’jalikda qo’llaniladigan barcha i.ch. jarayonlari b-n mu-vofiqlashtiriladi. Tajriba tuproq unumdorligi mazkur zona uchun eng xos, bir xil bo’lgan dala- da o’tkaziladi. Tajriba paykallarining kattaligi q.x. ma-shinalarida foydala- nishga imkon beradigan, uzunligi tajri- ba o’tkazilayo-tgan dalaning bo’yiga teng bo’lishi ke-rak. I.ch.t. ning sxemasi mu- rakkab bo’lmasligi lozim: u 2-4 vari- antdan iborat bo’lib, 3-4 takroriylikda o’tkazilishi kerak. Ekin turlari bo’yicha I.ch.t.da ko’chat qalinligi o’simlikning o’sishi va rivojlanishi, hosil mikdori va uning tarkibi, o’rganilayo-tgan Agro- texnik tadbirlarning tuproq unumdor- ligiga ta’siri hisobga olinadi, shu- ningdek, o’rganilayotgan tadbirlar va xo’jaliqda qo’llaniladigan ishlov be- rish texnologiyasi qiyosiy baholanadi.