Ikromiy Jalol
Ikromiy Jalol (1909, Buxoro -1993.11.4, Dushanba) — Tojikiston xalq yozuvchisi (1979), dramaturg. 20-y. larda Toshkent pedagogika intida ta’- lim olgan. Yozuvchi sifatida shakllani- shida Abdulla Qodiriyning ta’siri kuchli bo’lgan. Ilk asari «Registon- da tun» (1927) hikoyasidir. «Dushman» (1933) dramasi, «muhabbat urug’i» (1937) komediyasi, «o’q ilon» (1934), «Men gunohkorman» (1957) qissalarida tojik xalqining hayoti lavhalari, urf-odatlari ifodalangan. «Shodi» (1-2-qismlar, 1949) romanida Tojikistondagi jamoalashtirish dav- ri tasvirlangan. «Olov qizi» (1962) romani tojik ayollarining o’tmishdagi hayotiga bag’ishlangan. Buxoro amirligi- ning so’nggi davri haqidagi «Buxoroning o’n ikki darvozasi» (1969), «joni sabil quzg’unlar» (1979) romanlari muallifi. Ijodida o’zbek va tojik xalqlari orasidagi do’stlik mavzui alohida o’rin tutadi. Ko’pchilik asarlari o’zbek tili- da nashr qilingan. «Dushman», «Zuhro», «Ona qalbi» va b. pesalari respublika teatrlarida sahnalashtirilgan. As: men gunohkorman, T., 1963; olov qizi, T., 1964; Buxoroning o’n ikki dar- vozasi, T., 1971. Ad.: Husaynzoda Sh., Jalol Ikromi, Dushanbe, 1959.