Inoq

Inoq (qad. turkiy runiy bitikla- rida «ishonch» ma’nosida qayd etilgan) — 1) Markaziy Osiyoda 11 —14-a.lar- da hukm surgan sulolalar saltanatida «maslahatchi», «vazir»ni anglatgan; 2) Buxoro xonligida hukmdorning ishon- chli kishisi, mansabdor. 17-18-a.larda xonlikda ulug’I. va kichik I. bo’lgan. Ulug’I. darajasiga ko’ra, ko’kaltosh va ulug’qushbegi (qushbegi-i Kalon) dan so’ng turgan. Ulug’I., asosan, hukmdor Far- monlarini kichik mansabdagi amaldor- larga etkazish va Amir qabuliga muyassar bo’lganlarni kiritish b-n shug’ullangan. Kichik I. ham xonning ishonchli kishi- si bo’lib, ba’zan saroydan otga mingan holda chiqish huquqiga ega bo’lgan. O’z lavozimiga ko’ra, ulug’mehtar, devoni sarkor va dasturxonchidan yuqori tur- gan. Kichik I. qa hukmdorning muhrlari solingan qutichani ehtiyot qilish top- shirilgan. Kichik I., shuningdek, Amir nomiga tushgan ari-za va shikoyatlarni qabul qilgan; elchilarni qabul qilish paytida ular keltirgan xatlarni ochib, amirning shaxsiy kotibi (munshiy) ga taqtsim etgan; 3) Xiva xonligidagi yuqori ma’-muriy mansab; xondan key- ingi 2 rutba sanalgan va bu lavozimga xonning birodarlaridan biri tayinlan- gan. Xo-razm o’zbeklar to’pasi boshlig’i. Abulg’oziy Bahodirxon tantanali ma- rosimlarda o’tirish uchun I.larga 4 joy AJ-ratgan. Bu imtiyoz 1873 y.gacha davom etgan. I.lardan biri xonning chap tomo- nida, Amir ul-umarodan keyin o’tirgan va ulug’I. deb atalgan. Yangi xon ko’tarish vaqtida I.lar oq namatning to’rt bur — chidan ushlab, bo’lajak xonni 3 Mar- ta osmonga irg’itganlar, bu I.larning asosiy va faxriy burchi edi. I.larning siyosiy mavqei nihoyatda baland bo’lib, 18-a. oxirida hatto xonlikni ham ido- ra qilganlar. I. huzurida qushbegi, mehtar (moliya ishlari boshlig’i) va otaliq (qo’shinlar qo’mondoni)dan ibo- rat kengash bo’lgan hamda amaliy tadbir- lar ishlab chiqishga yordamlashgan. I.lar Xiva taxtiga Chingizxon avlodlarini o’tkazganlar, bi-‘ roq ularning aksari qozoqlar va shuningdek, qo’shni davlat- lardan kelgan kishilar bo’lib hech qaysi to’paga mansub emasdilar. Shuning uchun I.lar o’zlarini boshda vaqtincha, so’ng doimiy xon deb e’lon qilardilar. Yangi sulola asoschisi Muhammad Amin inoq Qo’ng’irot urug’idan edi. Qo’ng’irot urug’i Qiyot urug’i b-n birga ikkinchi o’zbek to’pasining boshida turar edi. Hamidulla Dadaboev.