Inog’omov Rahim Oxunjonovich
Inog’omov Rahim Oxunjonovich (1902 — Toshkent — 1938.5.10) — O’zbekistonda mustabid sovet rejimiga qarshi kurashgan milliy rahbar xodim- lardan biri. O’zbekiston maorif xalq ko-missari (1925-26), O’zbekiston kom- partiyasi MK matbuot bo’limi mudiri (1926). I. «O’zbekiston ziyolilari» (1926) risolasida o’zbek xalqi bol-sheviklar amalga oshirgan okt. to’ntarishiga nis- batan noxush munosabatda bo’lganligini ko’rsatgan edi. O’zbekiston yozuvchila- rining Samarqanddagi «qizil qalam» jamiyati faoliyatiga dastlab rahbarlik qilgan, «Milliy istiklol» tashkiloti a’zosi. U o’zining maqola va nutqlarida O’zbekiston Kompartiyasini Rossiya- ning mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash-mayotganliqda, VKP(b)MK O’rta Osiyo byurosi va O’rta Osiyo iqtisodiy ken-gashi kabi markazning nazoratchi or- ganlarini zo’ravonlikda ayblagan. Biroq O’rta Osiyo byurosi va O’zbekiston kom- partiyam MK I. va uning ta-rafdorlarini partiyaga qarshi «inog’omovchilik guruhi» tuzishda qoralab ularga qarshi kurash uchun respublika partiya tashki- lotini oyoqqa turg’azdi. 1926 y. 12 dek. da O’zbekiston Kompar-tiyasi MK ijro- iya byurosi va plenumida, 1927 y. yanv.da O’rta Osiyo byurosida bu masala maxsus ko’rilib, «inog’omovchilik — mayda bur- jua va millatchilik tomonga og’ish», deb qoralandi. 1926 y. dek.da I. o’z vazifasi- dan olib tashlandi. O’zbekiston Kompar- tiyasining 3 s’ezdi (1927 y., noyab.) I.ni «g’oyaviy jihatdan tor-mor qilin-Di», deb hisoblab uni Qashqadaryoning eng chekka qishlog’iga ishlash uchun jo’natdi. 1930 y. 30 mayda «Kizil O’zbekistan» va «Pravda Vostoka» gazetalarida I.ning ochiq xati uyushtirilib, u tavba-tazarru qildiriladi. Inog’o-movchilikni va- lidiy (1880-1970) va Mustafo Cho’qay (1890-1941) o’zbek kommunistlarining markazning mintaqadagi xo’jayini — Urta Osiyo byurosiga qarshi dadil chiqishi, deb baholashgan edi. Mustafo Cho’qay unga Parijda chikayotgan «yosh tur- kiston» («Yas Turkistan») majmuasida ishtirok etishni taklif qiladi. 30-y. larning o’rtalarida I. Moskvada yashay- Di. Moskva elektr z-dida, shuningdek, Butunittifoq MIKda tarjimon bo’lib ishlaydi. U Krim ASSRning Alushta sh.da davolanayotgan payt — 1937 y. 25 avg.da qamoqqa olindi va sovet rejimi tomonidan 1938 y. 5 okt.da Toshkentda otib tashlandi. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 2-ki-tob [O’zbekiston sovet mustamla- kachiligi davrida], T., 2000; O’zbekiston tarixi (1917— 1991 i.), T., 2001. Qahramon Rajabov.