INTERSEKSUALLIK

INTERSEKSUALLIK (lot. inter -oraliq va sekus — jins) — ayrim jin- sli organizmda ikki xil jinsga xos belgilar bo’lishi. Bu belgilar to’liq ri- vojlanmagan, ya’ni oraliq holatda bo’lib (Germafroditizm b-n Solishtiring), tananing ma’lum bir qismida birga- likda namoyon bo’ladi. Odatda, bun-Day organizm (interseks)ning individual rivojlanishi me’yorda boshlanadi, ammo ma’lum davrdan boshlab boshqa jinsga xos tipda davom etadi. Organizm rivoj- lanishi qancha erta boshlansa, I. shuncha keskin namoyon bo’ladi. Zigotalik, ya’ni genetik asosga ega bo’lgan I. kariotip yoki zigota genetik tarkibining me’yor- dan chetga chiqishi tufayli paydo bo’ladi. Bunday holda organizmning I. darajasi xromosom yoki gen balansi, ya’ni jinsiy xromosomalar sonining avtosomalar soniga nisbati hamda ulardagi jins- ni belgilovchi genlarga bog’liq bo’ladi. Odamda aniqlangan I.ning har xil shak- li, ya’ni psevdogermafroditizm jinsiy xromosomalar sonining o’zgarishi b-n bogliq bo’lishi mumkin. Gormonal I. ayrim jinsli hayvonlarda endokrin sistemasi, xusu- san, umurtqalilarda buyrak usti bezi po’stloq qismi hamda gipofizning ol- dingi bo’lagidagi funktsional yoki orga- nik o’zgarishlar tufayli paydo bo’ladi. Gormonal I.ni hayvonlarni kastrasiya qilish (bichish) yoki unga boshqa jins- ning bezini ko’chirib o’tkazish orqali paydo qilish mumkin. Bunday hollarda urg’ochi hayvonlarda erkak jins uchun xos bo’lgan ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo’ladi (maskulinizasiya), erkak hayvonlarda esa, aksincha, urg’ochi hayvon uchun xos belgilar rivojlana boshlaydi (feminizasiya).