Imomov Diler Siddiqovich
Imomov Diler Siddiqovich (1939.23.4, Toshkent) — rangtasvir usta — si. O’zbekiston xalq rassomi (2002). Re- spublika rassomlik bilim yurti (1960) va Toshkent teatr va rassomlik san’ati in-ti (1966)ni tugatgan. 1967 y.dan tosh- kent teatr va rassomlik san’ati inti- da dars bergan; 1997 y.dan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intida dosent, 2000 y.dan prof. I. asarlarida insonning ichki dunyosini va uning tashqi olam b-n uyg’unligini aks ettiradi, ko’pgina asarlarining aso- sini ma’rifiy mazmun, mehnatkash bola- jonli o’zbek ayoli, uning kundalik tash- vishlari, orzu-umidlari, qishloq qayoti mavzusi tashkil qiladi: «dala shiyponi- dagi bolalar bog’chasi» (1967), «frontda- gi otamga» (1975), «katta Farg’ona kana- li qurilishida» (1980), «Ruh iltijosi» (Navoiyga bag’ishlangan, 1990), «kechki nido» (1991) va b. Keyingi yillarda I. ijodida ona yurt manzaralari keng o’rin oldi («tanga-topgan qishlog’i», 1994; «Tog’dagi ko’l», 1995; «Chorvoq», «shar- shara», 1997 va b.), kalamtasvir ustasi sifatida tanildi («Miraziz portreti», 1983 va b.).