Imtihon sessiyasi

Imtihon sessiyasi — oliy, Urta maxsus va kasb-hunar ukuv yurt- larida muayyan mutaxassislik buyi- cha ukuv re-jasi asosida belgilangan imtihonlarni topshirish davri. Bir o’quv yilida ikkita — qishki va yozgi (ta’limning kunduzgi bo’limida qishki I. s, odatda, yanv. — Fev., yozgi I. s. may — iyun oylarida o’tkaziladi) I. s. bo’ladi. I. era kiritiladigan imtihonlar o’quv rejasida belgilanadi; oliy o’quv yurt- larida imtihonlar, odatda, 5 tadan, o’rta maxsus va kasbhunar o’quv yurtlarida esa 4 tadan oshmaydi. Lekin oliy ta’lim amaliyotida mazkur cheklashga qatiy amal qilinmaydi. I.s.ga o’quv rejasi bo’yicha mazkur semestr uchun mo’ljallangan barcha sinovlarni mu-vaffaqiyatli top- shirib, o’quv dasturlarida belgilangan amaliy ishlarni bajargan talabalar, o’rta maxsus va kasbhunar o’quv yurtlari- da o’qish ja-rayoni yakunida qoniqarsiz baho olmagan o’quvchilar qo’yiladi. I. s. o’quv yur-tining rektori yoki direk- tori tomonidan tasdiklangan jadval asosida o’tkaziladi. Mazkur kursning o’quv re-jasini to’liq bajargan va imtihonlarni muvaffaqiyatli top- shirgan talaba (o’quvchi)lar keyingi bosqichga o’tkaziladi. Oliy, o’rta Max- sus va kasbhunar o’quv yurtlarining sirtqi bo’limlarida ham, odatda, kish- ki va yozgi I. s. o’tka-ziladi. Ammo oliy yoki o’rta maxsus va kasbhunar o’quv yurti mansub bo’lgan yuqori tashkilotning roziligi va tegishli muassasalar b-n kelishilgan hollarda ularda I. s. bir marta o’tkazilishi ham mumkin. Sirtqi bo’limlarda sinov va imtihonlarni topshirishga I. Sdan tashqari butun o’quv yili da-vomida ruxsat etiladi. I. ch.dan ajralmagan holda o’qiyotgan talaba (o’quvchi) larga I. eda qatnashishlari uchun maoshi saqlangan holda qo’shimcha ta’- til beriladi. Talaba va o’quvchilarning bilim, ko’nikma hamda malakalarini aniqroq belgilash uchun keyingi payt- larda O’zbekiston ta’lim tizimida Rey — Ting usuli joriy etilishi munosabati b-n I. s.larining qat’iy belgilab be- ruvchilik vazifasi ma’lum darajada o’z ahamiyatini yo’qotdi.