INDIVIDUAL PSIXOLOGIYA

INDIVIDUAL PSIXOLOGIYA — psixologiyadagi freydizm oqimidan AJ- ralib chiqqan yo’nalish. A. Adler ta’li- motiga asoslangan. I. p. kishining ijti- moiy xususiyati negizida tugma ijtimo- iy qissiyot yotadi, biroq bu hissiyotning to’la taraqqiy etishi uchun uni tarbiya- lash lozim, deb hisoblaydi. I. p. nuqtai nazaridan bola shaxsi- ning tuzilishi (individualligi) ilk bo- lalik (5 yoshgacha bo’lgan) davrida alohida «turmush tarzi» ko’rinishida na-moyon bo’ladi va u bolaning butun kel-gusi psi- XIK rivojlanishini belgilab beradi. Bola o’z tana a’zolarining hali etarli- cha takomillashmaganligi tufayli nomu- kammallik hissini tuyadi, buni bartaraf etishga urinish davomida bola o’z-o’zini anglab, maqsadlari shakllana boradi. Agar bu maqsadlar Real bo’lsa, shaxs me- ‘yorida rivojlanadi, mabodo haqiqatdan yiroq bo’lsa, u holda shaxs nevrotik va ja-miyatga zid xususiyatlar b-n shaklla- nadi. Ilk bolalik yoshida tugma ijti- moiy hissiyot b-n nomukammallik hissi o’rtasida qaramaqarshilik paydo bo’ladi, bu hol kompensasiya va o’ta yuqori Kompen- sasiya vositalarini ishga solib yubora- Di. Bu hukmronlikka, boshqalardan ustun bo’lishga intilishni va xulq-atvorning ijtimoiy qadrlanadigan me’yorlaridan og’ishni keltirib chiqaradi. Bunday ne- vrotik sub’ektlarga yordam qilish psixo- terapiyaning vazifasidir. I. p. g’oyalari nafaqat shaxs psixologiyasida, shuning- dek, ijtimoiy psixologiyada ham keng yoyildi. Ulardan guruxdi psixoterapiya usullarida foydalanildi.