INDIVIDUAL TA’LIM

INDIVIDUAL TA’LIM — o’qituvchining o’quvchiga pedagogic ta’sirini amalga oshiruvchi o’quv mashg’ulotlari shakllaridan biri. O’qituvchining o’quvchi b-n sinf jamoasi- dan tashqarida olib boriladitan faoli- yati tushuniladi. I.t. ta’lim shakllari- ning eng qadimiysi bo’lib, u qad. davr va o’rta aerlarda keng qo’llanilgan. O’zbekiston ta’limi tarixida I.t. shakli keng qo’llanib kelingan. Uning samarasi, ayniqsa, amaliy san’at, hunarmandchilikda ustoz-shogird ta’li- mi tarzida namoyon bo’lgan. Mashhur xalq ustalari Toshpo’lat Arslonqulov, usta Shirin Murodov, Qodirjon Xaydarov, Mahmud Usmonov, Hamro Rahimovlar shu tarzda ta’lim olganlar. I.t. da bola ruhiyatining individual xususiyatla- rini, fan sohalari va kasb egallashga bo’lgan tabiiy moyilliklarini to’liq e’tiborga olish imkoniyati ta’minlana- Di. O’zbekiston mustaqilikka erishgach, I.t.ga e’tibor sezilarli tarzda ortdi. Ayniqsa kollej va oliy o’quv yurtlariga kirishning test tizimi joriy etilishi I.t.ning repetitorlik shakli rivojla- nishiga turtki bo’ldi.